Bugungi kunda ko`pgina ishlab chiqarishda mavjud bo`lgan va yangi paydo bo`layotgan texnologik jarayonlarni boshqarishda turli xildagi dasturiy ilovalarni yaratish va ular orqali boshqarish zamon talabi hisoblanadi. Shuning uchun ham dasturlash tillari bazasiga asoslanib texnik ilovalarni tez va sifatli yaratish muammosi bugungi kunda ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fanni o`qitishdan maqsad bakalavriatura talabalarini nazariy va amaliy jihatdan dasturlash tillari bazasida texnik ilovalarni yaratishning zamonaviy usul, vosita va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat