Ushbu maxsus kursda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot yoʻlining mazmun-mohiyati, tashqi siyosat va islohotlar strategiyasini tahlil qiladi.Maxsus qoʻllanmada Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nufuzli nutqi asosiy manba sifatida olingan boʻlib, undagi gʻoya va tashabbuslar yoritilgan.

Maxsus kursda Oʻzbekistonning global minbardagi pozisiyasi, demokratik va huquqiy davlat qurishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, diniy-ma'rifiy sohadagi yutuqlar, kambagʻallikni qisqartirish, ta'lim va ilm-fan taraqqiyoti, gender tenglik va yoshlar siyosati kabi yoʻnalishlar ochib berilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyoda hamjihatlik makonini barpo etish, qoʻshni davlatlar bilan yaqin hamkorlik, qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik jarayonlariga koʻmak berish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Maxsus kursda  global xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, transport va tranzit tizimini rivojlantirish, Orolboʻyi muammolari va iqlim oʻzgarishi kabi dolzarb masalalar yuzasidan Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslari yoritilgan. Shuningdek, raqamli rivojlanish, sun'iy intellekt va innovasiyalar sohasidagi istiqbollar ham keng tahlil etilgan.

Maxsus kurs soʻngida Prezidentning AQSh, Koreya, Evropa va Sharq mamlakatlari etakchilari, shuningdek xalqaro moliya institutlari bilan uchrashuvlari asosida Oʻzbekistonning global sheriklik siyosati bayon qilingan. Mazkur qoʻllanma Yangi Oʻzbekistonning oʻzaro hamjihatlik, ochiq muloqot va yaqin sheriklik yoʻlidagi strategiyasini chuqur anglashda, shuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini tadqiq etishda muhim manba boʻlib xizmat qiladi.