Fanni o‘qitishdan maqsad- umumsanoat xo’jaligida qo’llaniladigan past va yuqori kuchlanishli elektr mashinalarini tanlash, ishlash prinsiplari va ekspluatatsiyasini hamda ularning ko’rsatkichlarini yaxshilash buyicha yo’nalish profiliga mos bilimlar darajasini ta’minlashdir.


Fanning mazmuni

Fan – elektr energiyasidan turli texnologik jarayonlarda (qizdirish, payvandlash, elektrotexnik ishlov berish, eritish, elektroliz, quritish, kimyoviy jarayonlarni elektr ta’sirida amalga oshirish va boshqalar) samarali foydalanish usullarini o‘rgatadi. Talabalarda elektr energiyasidan texnologik maqsadlarda foydalanishning nazariy va amaliy asoslarini shakllantirish.

-          - Elektr texnologik qurilmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, texnologik imkoniyatlari haqida bilim berish.

- Zamonaviy ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr texnologik usullar (qizdirish, payvandlash, elektr eritish, elektr kimyoviy usullar va h.k.)ni o‘rgatish.

- Energiya tejovchi texnologik qurilmalar yaratish va ulardan samarali foydalanish kompetensiyalarini rivojlantirish.

- Talabalarda elektr texnologiyalarini loyihalash, ulardan foydalanish va nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Vazifalari

- Elektr texnologik qurilmalarning turlari va qo‘llanish sohasi bilan tanishtirish.

- Elektr energiyasining texnologik jarayonlarga ta’siri (issiqlik, elektromagnit, elektrokimyoviy, yorug‘lik ta’sirlari)ni o‘rgatish.

- Elektr pechlari, induksion va qarshilik qizdirish qurilmalari, payvandlash uskunalari, elektroliz va quritish tizimlarining ishlashini tahlil qilish.

- Elektr texnologik qurilmalarda energiya samaradorligi va xavfsizlik masalalarini yoritish.

- Elektr texnologik qurilmalarning ishlash rejimlari, boshqaruv usullari va avtomatlashtirish imkoniyatlarini o‘rgatish.

- Talabalarda ishlab chiqarish jarayonida elektr texnologiyalarini qo‘llashda texnika xavfsizligi va ekologik talablarni hisobga olish malakasini shakllantirish