Muhandislik va kompyuter grafikasi D334-25TJA masofaviy ta'lim guruhi uchun mo'jallangan bo'lib, muhandislik fanlarini asosi hisoblangan chizma geometriya, chizmachilik va kompyuter grafikasi fanlarini birlashuvidan tashkil topgan o'quv kursi hisoblanadi. Ushbu o'quv kursida uch o'lchamli narsa va ob'yektlarni ikki o'lchamli qog'ozda chizish, rasmiylashtirish va kompyuterda modellashtirish usullari o'rganiladi.